Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda sifati kafolatlanmagan tovarlarning noqonuniy olib kirilishiga doir navbatdagi bojxona qoidabuzarligi fosh etildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Yangiqo‘rg‘on tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro I.D.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Natijada xorijda ishlab chiqarilgan, hech qanday hujjatlari bo‘lmagan jami 95 million so‘mlik 45 nomdagi, 997 dona maishiy texnika vositalarini o‘z yashash xonadonida noqonuniy ravishda sifatida saqlab kelayotganligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.