10 yanvardan propiska ishga qabul qilishda to‘siq hisoblanmaydi, deya xabar qildi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi O‘zbekiston prezidenti yaqinda imzolagan qonundan iqtibos keltirgan holda.

Mehnat kodeksining yangilangan 80-moddasiga muvofiq, endilikda vaqtinchalik yoki doimiy propiska yoxud yashash joyi bo‘yicha hisobning yo‘qligi ishga qabul qilishda rad etish uchun asos bo‘lmaydi.

Ishga qabul qilishda ishga kiruvchi shaxsning pasporti yoki qonuniy kuchga ega bo‘lmagan shaxsni aniqlovchi boshqa hujjatlari bo‘lmagan taqdirda, rad etilishi mumkin.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksdan ham vaqtinchalik yoki doimiy propiska yo‘q yoxud yashash joyi bo‘yicha hisobda turmagan shaxsni ishga qabul qilganlik uchun eng kam ish haqining 10 dan 15 barobarigacha miqdorda jarimaga tortishni ko‘zda tutuvchi 223−2-modda chiqarib tashlandi.