2019 yil 7 yanvar kuni Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida yashagan N.Q.ning jasadi topilgan. Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida 7 yanvar kuni «Xarduri» MFY Yangihayot qishlog‘ida yashovchi A.X. mast holda o‘zaro janjal sabab N.Q.ning tanasini turli joylariga urib-tepib, jarohat yetkazganligi aniqlangan.

IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi bergan xabarga ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.X. qo‘lga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.