O‘zbekiston prezidenti Hindistondagi Xalqaro investitsiya sammitida ishtirok etadi. Bu haqda tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov chorshanba kuni Xalqaro press-klub majlisida ma’lum qildi.

TIV rasmiy vakilining «Gazeta.uz» muxbiriga bergan ma’lumotiga ko‘ra, sammit 18−20 yanvar kunlari Gujarot shtatida bo‘lib o‘tadi. Shavkat Mirziyoyev 18 yanvar kuni amaliy tashrif bilan boradi, chunki biznes-forumning asosiy tadbirlari o‘sha kuni bo‘lib o‘tadi. Unga davlatlar, xalqaro jamg‘armalar va yirik kompaniyalar rahbarlari taklif qilingan.

21−23 yanvar kunlari O‘zbekiston prezidenti Germaniyaga rasmiy tashrif bilan boradi, deya qo‘shimcha qildi Ilhom Ne’matov.

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Laziz Qudratov tashrif jarayonida Germaniya kompaniyalarini O‘zbekistonda gaz-kimyo majmualari tashkil etilishiga jalb qilish masalalari muhokama etilishini ta’kidlab o‘tdi.