O‘zbekiston prezidentining 7 yanvardagi farmoni bilan G‘olib Xoljigitov Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining direktori — moliya vazirining o‘rinbosari lavomizimiga tayinlandi, deya xabar qildi vazirlik matbuot xizmati.

Golib Xoljigitov 1979 yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, moliyachi, iqtisodchi. 2001 yilda Shimoliy Arizona Universiteti (AQSH), 2004 yilda Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti va 2012 yilda Garvard universitetlarini (AQSH) tamomlagan.

Moliya vazirligida ish faoliyatini 2001 yilda boshlagan. 2004−2011 yillarda Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi monopoliyaga qarshi siyosatni takomillashtirish ekspert guruhi rahbari, Markaz direktori vazifasini bajaruvchi va Markaz direktori, 2016−2018 yillarda UBS Global Wealth Management korporatsiyasining xususiy kapital va moliyaviy texnologiyalarni boshqarish masalasida avtomatlashtirish va robotlashtirish xizmatlarni joriy etish bo‘yicha loyihalar menedjeri (AQSH) sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

2018 yildan hozirgi kungacha G‘olib Xoljigitov Bank of America Merril Lynch korporatsiyasining moliyaviy texnologiyalar masalalari bo‘yicha loyihalar menejeri (AQSH) lavozimida ishlagan.