O‘zbekiston prezidentining 2019 yil 7 yanvardagi qarori bilan Toshkent shahridagi Amiti universiteti tashkil etildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy telegram kanalida xabar qilindi.

Universitetda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida, birinchi navbatda, dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, axborot tizimlari va kompyuter tarmoqlarini boshqarish bo‘yicha xalqaro standartlar darajasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi.

Universitetning ta’lim faoliyati 2019/2020 o‘quv yilidan boshlanadi.

Universitetda o‘qishni tamomlagan bitiruvchilarga O‘zbekistonda oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida e’tirof etiladigan Amiti Universitetining (Hindiston) belgilangan namunadagi diplomi beriladi.