2019 yil 5 yanvar kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yashovchi G. D. mast holda qo‘shnisi M.P.ning uyida u bilan o‘zaro janjallashib, uning bosh va badanining turli joylariga urib-tepib jarohat yetkazgan.

Natijada M.P. olgan jarohati bo‘yicha hech qayerga murojaat qilmay, 7 yanvar kuni uyida vafot etgan.

IIV Jamoatchilik vaommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi bergan xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, G. D. qo‘lga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.