Hukumat qarori bilan Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishini tashkil etish chora-tadbirlarini amalga oshirganligi uchun ushbu tashkilotlar rahbarlarini rag‘batlantirish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Nizomga muvofiq, rag‘batlantirish tanlov o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:

tashkilotlarning barcha bo‘linmalari miqyosida tashkil etilgan sog‘lomlashtirish, jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini muntazam ravishda o‘tkazganligi uchun;

aholining keng qatlamlari o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish, ommaviy sport tadbirlarini tashkil etganligi uchun.

Tanlovda ishtirok etish uchun tashkilotlar har yili 1 avgustgacha Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga quyidagi hujjatlarni topshiradi:

amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha ma’lumot, video- va fotolavhalar;

har bir tanlov ishtirokchilari tomonidan jismoniy tarbiya va sport sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ishtirokchining yozma axboroti.

Ishtirokchilarning amalga oshirgan ishlarini baholash uchun Vazirlikda 5 kishilik ishchi guruh tuziladi.

G‘oliblar ishchi guruh tomonidan 10 sentyabrgacha aniqlanadi hamda sertifikat, eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdoridagi pul mukofoti, qimmatbaho sovg‘alar, shuningdek «Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi.

Tanlovni o‘tkazish quyidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi: