Andijon viloyati hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Salombek Habibullayev 6 yanvar kuni 49 yoshida olamdan o‘tdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatining «Gazeta.uz"ga xabar berishicha, o‘lim holati miokard infarkti natijasida yuz bergan.

1971 yilda tug‘ilgan Salombek Po‘latovich Habibullayev 1992 yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan. 1994−2012 yillarda Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi turli lavozimlarda ishlagan, 2001−2012 O‘zbek-yapon markazi direktori lavozimida o‘rindoshlik, 2012−2018 yillarda esa doimiy faoliyat yuritgan. Andijon viloyati hokim o‘rinbosari lavozimiga 2018 yilning 26 yanvar sanasida tayinlangan edi.