2019 yil 5 yanvar kuni soat 13:45 larda Nukus shahri hududidan o‘tuvchi «Xo‘jayli-Nukus» temiryo‘li peregonining «Saratov-Urganch-Toshkent» yo‘lovchi tashuvchi poyezdi 2002 yilda tug‘ilgan R.D.ni bosib ketishi natijasida o‘smir voqea joyida halok bo‘lgan. Bu haqda Makan.uz sayti Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, o‘mirning qulog‘iga naushnik bo‘lgan. Ushbu holat bo‘yicha hozirgi vaqtda tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.