Britaniyaning The Guardian gazetasi Samarqandni 2019-yilda sayohatchilar uchun 40 ta eng yaxshi yo‘nalish ro‘yxatiga kiritdi.

2016-yilda hokimiyatga Shavkat Mirziyoyev kelganidan so‘ng O‘zbekistonda bosqichma-bosqich o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda, deb yozadi nashr.

“Mamlakat mehmondo‘stligi, ajoyib arxitekturasi va Ipak yo‘li merosini ko‘zdan kechirishga intilgan sayyohlar uchun sharoitlar tez sur’atlarda yaxshilanmoqda”, — deya qayd etadi gazeta.

The Guardian elektron vizalar joriy etilgani, ularni rasmiylashtirishning soddalashtirilgani, (maqola e’lon qilingan kun — 5-yanvarda — Buyuk Britaniya fuqarolari 1-fevraldan O‘zbekistonga vizasisiz sayohatga kela olishlari ma’lum bo‘ldi) va chegaralarni kesib o‘tishning soddalashtirilgani Markaziy Osiyodagi qo‘shni davlatlarga tashrif buyurgan holda mamlakatga qo‘shma sayohatlarni amalga oshirishga imkon beradi, deya qayd etadi.

Istanbundan Samarqandga aviaqatnovlarning ochilishi esa Londondan qadimiy shaharga kelishni yanada osonlashtirdi, asosiy turistik shaharlar tezyurar poyezdlar orqali tutashtirildi.

“Go‘zal Toshkent metrosida fotosuratga olishga taqiqning bekor qilingani munosabati bilan poytaxt Toshkentga ham tashrif buyurmaslik xato bo‘lardi”, — deya yozadi gazeta.