O‘zbekistonda mehmonxona xizmatlari jismoniy shaxslarning yashash joyi (propiskasi), fuqaroligi, qarindoshlik va nikoh munosabatlari, shuningdek shaxsiy hayotga oid huquqlarni cheklovchi boshqa omillardan qat’iy nazar taqdim etiladi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning 5 yanvardagi «Turizm sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida so‘z bu haqda so‘z boradi.

Hujjatda qayd etilishicha, sanab o‘tilgan cheklovlar qonunchilikka zid keladi. Shunga qaramasdan, uzoq yillar davomida mamlakatda nikohda bo‘lmagan juftliklarning mehmonxonalarda birga qolishi taqiqlangan.