Bugun, 5 yanvar kuni Birlashgan Arab Amirliklarida futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi start oladi. Musobaqada ilk marotaba 24 ta terma jamoa qatnashadi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Bugun Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da mezbonlar BAA terma jamoasi ochilish o‘yinida Bahraynga qarshi maydonga chiqadi.

Bahslarda Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi guruhdagi ilk uchrashuvni 9 yanvar kuni Ummon terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Ikkinchi o‘yin 13 yanvar kuni Turkmanistonga qarshi bo‘lib o‘tsa, 17 yanvar kuni guruhdagi so‘nggi bahsda Yaponiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.