«Toshashahartransxizmat» kompaniyasi yanvar-fevral oylarida poytaxt avtobus saroylari uchun 60 dan ortiq yangi avtobuslarga ega bo‘ladi, deya xabar qildi kompaniya matbuot xizmati.

Yangi yilning dastlabki kunlari Samarqanddan 14 dona o‘rta sig‘imli SAZ LE 60 avtobusi yetkazib berildi. Yanvar va fevralda yana 8 dona SAZ LE 60 avtobusi va 40 ta katta sig‘imli MAN avtobusi yetkaziladi.

O‘tgan yili poytaxt jamoat transporti saroylari 40 ta MAN va 58 ta SAZ LE 60 avtobusi bilan to‘ldirildi.

Avvaliga sanab o‘tilgan 160 avtobusni (80 ta MAN va 80 SAZ LE 60) 2018 yil oxiriga qadar yetkazish rejalashtirilgan edi. Joriy yilda qo‘shimcha avtobuslarni sotib olish rejalashtirilgan.

Avvalroq o‘tgan yildan boshlab barcha sotib olinadigan avtobuslarda konditsioner bo‘lishi haqida xabar qilingan edi. Ularda imkoniyati cheklangan shaxslar uchun apparel ham bo‘ladi.