Farg‘onada viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasiga, shahar, tuman tibbiyot birlashmalariga «Nissan» va «Hyundai» tez yordam mashinasi, shuningdek, «Cobalt» xizmat avtomashinalari topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Farg‘ona viloyatining shahar va tumanlariga shoshilinch tibbiy yordamga mo‘ljallangan 23 ta «Nissan» va «Hyundai» tez yordam mashinasi topshirildi. Shahar va tuman tibbiyot birlashmalariga «Cobalt» rusumli avtomashinalar ajratildi.

Ayni paytda Farg‘onada 26 ta shahar va 89 ta qishloq oilaviy poliklinikasi aholiga samarali xizmat ko‘rsatmoqda.

Tadbirda Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev so‘zga chiqdi.