Rahimberdi Rahmonov O‘zbekiston musulmonlari idorasining Toshkentdagi vakili, shahar bosh imomi va «Minor» jome masjidi imom-xatibi vazifalariga tayinlandi. 4 yanvar kungi juma namozida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Ibrohim Inomov namozxonlarga yangi bosh imom-xatibni tanishtirdi.

Rahimberdi Rahmonov 2014 yildan buyon Toshkentdagi «Xo‘ja Alambardor» jome masjidi imom-xatibi lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

O‘tgan yilning iyunidan buyon Toshkent bosh imom xatibi lavozimida O‘zbekiston Musulmonlar idorasi raisi o‘rinbosari Shayx Abdulaziz Mansur faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi. Ungacha esa Anvar qori Tursunov 19 yil davomida Toshkent bosh imom xatibi sifatida ish olib bordi. U 2018 yil 13 iyun kuni insultni boshdan kechirganidan so‘ng hayotdan ko‘z yumdi.