Shu yilning 4 yanvar kuni Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumanida yashagan B.Sh.ning uyida yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. Oqibatda uyning 140 kv.m. maydonida tomi, shifti, jixozlari yonib zarar ko‘rgan va yong‘in o‘chirish vaqtida B.Sh.ning kuygan holdagi jasadi topilgan. Yong‘in kelib chiqish sababi aniqlanmoqda.