Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonovaning ma’lumot berishicha, Yunusobod tumanining sobiq hokimi Baxtiyor Abdusamatov va boshqa mansabdor shaxslarga nisbatan JKning 210 va boshka moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Mazkur jinoyat ishi ustidan Bosh prokuraturaning tegishli nazorati o‘rnatilgan.