2 yanvar kuni Samarqanddagi 35-maktabning 9-sinf o‘quvchisi D.X. Lacetti avtomobilini boshqara turib yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketdi va A.A. boshqaruvidagi Matiz avtomobili bilan to‘qnashuv sodir etdi, deya xabar qildi O‘zbekiston IIV matbuot xizmati.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, 14 yoshli o‘smir bobosiga tegishli Lacetti avtomobilini boshqargan. YTH natijasida Matiz haydovchisining uch yoshli o‘g‘li hayotdan ko‘z yumdi. Matiz haydovchisi, uning xotini va qizi (2017 yilda tug‘ilgan) shifoxonaga yotqizildi.

Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi, tergov harakatlari olib borilmoqda.