Toshkent viloyati IIB navbatchilik qismiga 2018 yil 29 dekabr kuni soat 04:30 larda kelib tushgan xabarga ko‘ra, Zangiota tumani, Bo‘zsuv QFY, O‘rikzor MFY, Olmazor ko‘chasi, fuqaro J.B.ga tegishli raqamsiz uyda uning voyaga yetmagan jiyani 2003 yilda tug‘ilgan A. J., farzandlari 2006 yilda tug‘ilgan T.K., 2009 yilda tug‘ilgan T. K., 2013 yilda tug‘ilgan T.Z., 2014 yilda tug‘ilgan T.G. ushbu uy xonasining devor orasida o‘rnatilgan qo‘lbola usulda yasalgan isitish moslamasidan (pechka) chiqqan is gazidan zaharlangan va o‘lganlik fakti holatida Toshkent shahar 16-sonli shifoxonaga olib borilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Hodisa joyiga viloyat prokurori va uning o‘rinbosari, tuman prokurori, uning o‘rinbosari, tuman IIB boshlig‘i va tezkor-tergov guruhi a’zolari chiqishgan.

Mazkur holat yuzasidan Zangiota tuman prokuraturasi tomonidan «Zangiotatumangaz» filiali mansabdor shaxslariga nisbatan JKning 207-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.