Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining qaroriga binoan 1 yanvardan boshlab Tojikiston vakili Jumaxon G‘iyosov Toshkentda joylashgan SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori hisoblanadi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar qildi.

Jumaxon G‘iyosov 2017—2018 yillarda u SHHT MATT Ijroqo‘mi direktori o‘rinbosari bo‘lib ishlagan, bundan avval esa Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasida va Diniy ishlar qo‘mitasida rahbarlik lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

2016−2018 yillarda Rossiya vakili Yevgeniy Sisoyev SHHT MATT Ijroqo‘mi direktori bo‘lgan.