1 yanvardan boshlab Vladimir Norov Shanxay hamkorlik tashkilotining bosh kotibi lavozimini bajarishga kirishdi, deya xabar qildi TIV matbuot xizmati. SHHTga a’zo davlatlar rahbarlari Kengashi bu haqdagi qarorni iyunda qabul qilgan edi.

Vladimir Norov ilgari O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori lavozimida ishlagan va favqulodda va muxtor elchi martabasiga ega.

Vladimir Norov turli yillarda tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari, vazirning birinchi o‘rinbosari va vazir, O‘zbekistonning Belgiyadagi elchisi va boshqa lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan.

2016−2018 yillarda Rashid Alimov (Tojikiston) SHHT bosh kotibi lavozimida faoliyat ko‘rsatadi.