“Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun taqdim etildi. Muhokamalar 15-yanvarga qadar davom etadi.

Davlat dasturi loyihasi 249 ta banddan iborat bo‘lib, unda O‘zbekiston prezidentining 2018 yilning 28 dekabr kuni Oliy Majlisga taqdim etgan murojaatnomasida keltirilgan asosiy g‘oya va takliflari hamda Harakatlar strategiyasida belgilangan asosiy vazifalarni inobatga olgan holda ishlab chiqildi.

Eslatib o‘tamiz, Harakatlar strategiyasi yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

Davlat va jamiyat qurilish tizimini takomillashtirish;

Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini isloh qilish;

Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish;

Ijtimoiy sohani rivojlantirish;

Xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat.

Muhokamalar davomida mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida anjuman hamda davra suhbatlari tashkil etiladi.

2017 va 2018-yilgi davlat dasturlari ham jamoatchilik muhokamasidan so‘ng qabul qilingan edi.