O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Magnitogorsk shahrida ko‘p qavatli uy qulashining fojiali oqibatlari munosabati bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putinga chuqur hamdardlik bildirdi, deya xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

Dushanba kuni ertalab Magnitogorskda, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tabiiy gaz portlari natijasida 10 qavatli uy pod’ezdlaridan biri qulab tushgan.

RIA Novostining Rossiya FVV ma’lumotiga tayanib xabar qilishicha, 46 kishi istiqomat qiluvchi 26 kvartira vayron bo‘lgan, vayron bo‘lgan hududda esa jami 120 kishi yashagan.

1 yanvar tongiga qadar vayronalar ostidan 12 kishi chiqarib olingan, ularning yetti nafari halok bo‘lgan, besh nafari, jumladan bir bolaning hayoti qutqarib qolingan. 36 kishining hayoti noma’lumligicha qolmoqda. Ayni vaqtda uy vayronalarini tozalash ishlari turar joyning qolgan qismi qulashi xavfi borligi sababli bir kunga to‘xtatilgan.