28 dekabr kechasi O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Markaziy ko‘rgazmalar zali binosida yong‘in sodir bo‘ldi, deya xabar qildi poytaxt IIBB matbuot xizmati.

«101» raqamiga yong‘in to‘g‘risidagi xabar 22:33 da yetib keldi. O‘t o‘chiruvchilar guruhi zudlik bilan olovga barham berdi. Yong‘in natijasida xizmat xonasining 30 kv. m maydoni yongan. Qurbonlar va jabrlanganlar yo‘q.

Yong‘inga elektr tarmog‘idagi qisqa tutashuv sabab bo‘lgan taxmin qilinmoqda. Ko‘rilgan zarar hajmi aniqlashtirilmoqda.