«Toshkent-AERO» ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari tomonidan poytaxt aeroportida havo yo‘llari orqali tovar-moddiy boyliklarni noqonuniy ravishda olib o‘tishga bo‘lgan qator urinishlarni fosh etildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Jumladan, «Istambul-Toshkent» aviareysi bo‘yicha parvozini yakunlagan fuqaro X.N. tavakkalning kattasiga qo‘l urdi. Garchi, o‘qotar quroldan foydalanish va ovchilik qilish uchun tegishli litsenziya va sertifikatga ega bo‘lsa-da, ushbu shaxsga 490 dona ov quroli uchun patronlar, 402 dona gilza va ular uchun mo‘ljallangan 2000 dona kapsullarni olib kirish nasib qilmadi.

Urumchidan uchib kelgan yana bir fuqaro F.M.ning bagaji bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda esa, ushbu shaxs respublikaga olib kirish taqiqlangan 1 dona uchuvchisiz uchish apparatini olib o‘tmoqchi bo‘lganligi fosh bo‘ldi.

«Nyu York-Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha bilan uchib kelgan fuqaro Yu.Sh. «yashil» yo‘lak orqali harakatlanayotib, jismoniy shaxslar uchun bojsiz olib kirish me’yorlaridan ortiqcha bo‘lgan alkogolli ichimliklarni olib kirmoqchi bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi. Unga tegishli bagaj nazorat tartibida ko‘zdan kechirilganda, uning ichida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida aytilmagan, qiymati dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 4,7 mln. so‘mlik salkam 13 litr spirtli ichimliklar borligi aniqlandi. Sababi esa oddiy — ushbu shaxsning bojxona xodimlariga taqdim qilgan tegishli litsenziyasida ko‘rsatilgan miqdordan ko‘ra olib kirilayotgan o‘q-dorilar soni ortiqcha ekan.

Xozirda ushbu holatlar yuzasidan dastlabki bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.