Vazirlar Mahkamasining «Namangan» erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Qarorga muvofiq, «Namangan» erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi davlat unitar korxonasi tashkil etildi.

Shuningdek, erkin iqtisodiy zona tarkibiga kiruvchi hududlar hamda korxona ustavi tasdiqlandi.

Qaror bilan tasdiqlangan ustavga ko‘ra, quyidagilar direksiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan hisoblanadi:

«Namangan» EIZ hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun xorijiy va mahalliy investorlarni jalb etish;

«yagona darcha» tamoyili asosida muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi tarmoqlariga ulanish uchun zarur bo‘lgan barcha ruxsatnomalar berishni tashkil etish;

belgilangan tartibda tanlab olingan investorlar tomonidan majburiyatlarning zarur tarzda bajarilishini tizimli nazorat qilish.

Qarorga ko‘ra, direksiyaning ustav fondini shakllantirishga 1 milliard so‘m miqdorida mablag‘ ajratiladi.