O‘zbekiston prezidentining kelgusi yil uchun asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq, 2019-yil 1-yanvardan yakka tartibdagi tadbirkorlarni soliqqa tortishning yangi tartiblari joriy etiladi.

Hujjatga muvofiq, kalendar yilida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumi 100 mln so‘mdan oshgan, biroq 1 mlrd so‘mdan oshmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar yagona soliq to‘lovini 4 foiz stavkada to‘lashga o‘tkaziladi.

Kalendar yilida tushumi 100 mln so‘mdan oshmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan soliqni hisoblash va to‘lash tartibi saqlab qolinadi.

Bir yillik tushumi 1 mlrd so‘mdan oshgan yakka tartibdagi tadbirkorlar soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan tartibda to‘laydi.

Yillik tushumi 100 mln so‘mga yetmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun esa qat’iy belgilangan soliq stavkalari joriy etiladi:


Davlat soliq qo‘mitasi 2019-yil 1-fevralga qadar yakka tartibdagi tadbirkorlarning tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumlarini hisoblash tartiblarini tasdiqlashi lozim.