Hukumatning haj va umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaroriga o‘zgartirish kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, umra safariga cheklanmagan miqdorda ziyoratchilar borishi mumkin bo‘ladi.

Ilgarigi tartibga ko‘ra, umra safariga borishi mumkin bo‘lgan ziyoratchilar kvotasi har yili o‘n ming kishi etib belgilangan edi.