28 dekabr kuni «O‘zbekiston xalqaro anjumanlar saroyi"da O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi tomonidan ilk marotaba katta masshtabdagi «National Sports awards-2018» (Milliy sport mukofoti-2018) taqdirlash kechasi tashkil etildi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Tantanali taqdirlash kechasiga eng yaxshi sportchilar, sport tashkilotlari vakillari, sport faxriylari, Olimpiya o‘yinlari chempionlari, o‘zbek estradasi yulduzlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari va muxlislar tashrif buyurdi.

Yilning eng yodda qolarli tadbirlaridan birida quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha mukofotlar o‘z egasini topdi.

«Yilning eng yaxshi sport jamoasi» — Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-23 terma jamoasi;

«Yilning eng yaxshi innovatsion va intellektual faol federatsiyasi» — O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi;

«Yilning eng faol federatsiyasi» — O‘zbekiston kurash federatsiyasi;

«Hududlarda sportni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun» — Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov;

«Eng yaxshi sport homiysi» — Ochilboy Ramatov;

«Xalqaro maydonlarda o‘zbek sportini targ‘ib qilgani uchun» — Oksana Chusovitina;

«Eng faol sport targ‘ibotchisi» — Zafar Imomxo‘jayev;

«Yilning eng yaxshi paralimpiyachisi» — Ro‘za Qo‘ziyeva;

«Yilning eng yaxshi sport jurnalisti» — Marina Yakubova;

«Sport sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun» — Ravshan Jo‘rayev («UzReport» telekanali direktori);

«Eng yaxshi ijtimoiy loyiha» — Zohid Karimov («Sport» telekanali direktori) ;

«Yil kashfiyoti» — Akbar Jo‘rayev;

«Yilning yosh va istiqbolli sportchisi» — Abdumalik Xalakov;

«Yilning eng yaxshi murabbiyi» — Marat Qurbonov;

«Sport sohasidagi ko‘p yillik xizmati uchun» — Rufat Risqiyev;

«Yilning eng yaxshi ayol sportchisi» — Svetlana Radzivil;

«Yilning eng yaxshi erkak sportchisi» — Bekzod Abdurahmonov.