Davlat rahbari murojaatnomada turizmni rivojlantirish, sohaga investitsiyalar jalb etish, kadrlar salohiyatini oshirish bo‘yicha kompleks choralar ko‘rishimiz lozimligini aytdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

«Bizda turizm ko‘pincha qadimiy shaharlarimiz, tarixiy-madaniy yodgorliklar doirasida cheklanib qolmoqda. Holbuki, mamlakatimizning betakror tabiati, milliy qo‘riqxonalar, tog‘li hududlarda turizmni rivojlantirish uchun katta salohiyat mavjud», dedi Shavkat Mirziyoyev.

Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda 2019−2025 yillarda Turizmni rivojlantirish milliy konsepsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berildi. Shu asosda 2025 yilda yurtimizga tashrif buyuradigan xorijiy sayyohlar soni 7 million nafarga yetishiga, turizm eksportidan keladigan daromad esa 2 milliard dollardan ziyod bo‘lishiga erishish lozimligi ta’kidlandi.