Prezident o‘zining parlamentga murojaatnomasida renovatsiya dasturini, ya’ni, foydalanish muddati tugab, eskirib qolgan ko‘p qavatli uylar o‘rnida bosqichma-bosqich eng zamonaviy sharoitga ega bo‘lgan yangi uylar qurish dasturini ishlab chiqish lozimligini aytdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Hukumat uch oy muddatda ko‘p qavatli uy-joy fondi to‘liq xatlovdan o‘tkazilishini ta’minlashi kerak. Yirik megapolislarning bu boradagi tajribasini o‘rgangan holda, renovatsiya dasturini amalga tatbiq qilish lozim.