Kecha Chexiya poytaxti Pragada XFN Fight nights doirasida polshalik Grzegorz Siviga qarshi jang o‘tkazgan o‘zbekistonlik MMA jangchisi Mahmud Murodov raqibini 3-raundda mag‘lubiyatga uchratdi. Bu haqda u o‘zining intagramdagi sahifasida yozib qoldirdi.

Shu kunga qadar 24 ta jangda qatnashgan Murodov 18 bor raqiblarini mag‘lub etgan bo‘lsa, olti marta mag‘lubiyatga uchragan.

Joriy yilda Mahmud Murodov jahonga mashhur Bellator tashkiloti bilan shartnoma tuzishi lozim edi. Biroq bu reja amalga oshmadi. Sportchining o‘zi bu haqdagi savollarga javob berar ekan, 2019 yilda UFC bilan shartnoma tuzmoqchi ekanini bildirdi.