2019 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi «Qushchilik» MCHJ tomonidan go‘sht yo‘nalishi bo‘yicha jami qiymati 15 mlrd. 400 mln. so‘mlik, shuningdek, 2020 yilda «Eko Agro kapital» MCHJ tomonidan tuxum yo‘nalishi bo‘yicha jami qiymati 20 mlrd. so‘mlik parrandachilik klasterlarini tashkil etish belgilangan. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi matbuot xizmati xabar berdi.

Belgilangan tadbirlarning bajarilishi hisobidan 2019 yil yakuni bilan parranda bosh soni 4 mln. 310 mingga, tuxum yetishtirishni 287 mln. donaga va parranda go‘shti yetishtirishni 9900 tonnaga yetkazish rejalashtirilmoqda.