Shavkat Mirziyoyev murojaatnomadadavlat-xususiy sheriklik asosida yangi madaniyat va istirohat bog‘larini tashkil etish, ularni zamonaviy yoshlar maskanlariga aylantirish choralarini ko‘rish, ushbu bog‘lar tarkibida birinchi navbatda sport maydonchalari, amfiteatr va kichik sahnalar, kutubxona, «Kitob kafelari» bo‘lishi lozimligini ta’kidladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

«Bugungi kunda yoshlarimizning bilim va ma’lumot olishining asosiy manbai internet ekani hech kimga sir emas. Shu sababli biz tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlagan holda, jamoat joylarida bepul Wi-Fi hududlarini tashkil etish choralarini ko‘rishimiz kerak», dedi Shavkat Mirziyoyev.