27 dekabr kuni Toshkentda ikkida jiddiy yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar qildi poytaxt IIBB matbuot xizmati.

11:50 da Yunusobod tumanida «Taksi Lyuks» kompaniyasining Lacetti haydovchisi Yangi shahar ko‘chasidagi temir yo‘l kesishmasida boshqariladigan to‘siqqa borib urildi.

Avariya natijasida avtomashinaga zarar yetgan. Haydovchi va ikki yo‘lovchi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizildi. YTHga haydovchining temir yo‘l kesishmalaridan o‘tish qoidalarini buzgani sabab bo‘lgan.

12:30 da esa Kichik halqa yo‘lining Mirobod tumanidan o‘tgan qismida «AS Invest Grupp"ga tegishli Howo yuk avtomobili ag‘darilib ketgan. IIBBning qayd etishicha, 19 yoshli haydovchi tajribasizlik qilib mashina boshqaruvini yo‘qotgan.

Yuk mashinasiga ortilgan yuk (tosh va qum) yo‘lga to‘kilib ketdi. Hech kim jabrlanmadi.