Buxoro viloyatining Vobkent tumanida «G‘ayrat Chodak» MCHJ negizida tikuvchilik, bo‘yoq va poyabzal ishlab chiqarish sexi ish boshladi. Korxonaning ochilish marosimiga viloyat hokimi O‘ktam Barnoyev tashrif buyurdi. Bu haqda viloyat hokimligi saytida xabar berildi.

Ma’lumot o‘rnida, korxonaning umumiy loyiha qiymati 5 million AQSH dollaridan oshiq bo‘lib, unda Yaponiya va Xitoy texnologiyalari asosida zamonaviy tikuv mahsulotlari ishlab chiqariladi.

Korxonaning umumiy maydoni 35 ming kv. metrdan oshiq bo‘lib, korxona to‘liq ishga tushgach, unda yangi 1000 dan ortiq ishchi o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan.