O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga 2017 yil avgustdan buyon iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Mubin Mirzayev tayinlandi, deya xabar qildi DSQ matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga.Mubin Mirzayev (1969 yilda tug‘ilgan) Toshkent davlat universiteti, Toshkent moliya instituti hamda Yaponiya Siyosiy tadqiqotlar milliy instituti magistraturasini tamomlagan. 2006−2008 yillarda Markaziy bank Monetar siyosat va iqtisodiy tahlil departamentini boshqargan.

2015 yil martidan 2017 yil iyuliga qadar qo‘mita raisi o‘rinbosari lavozimida ishlagan Xotambek Anvarovich Shokirov (1970 y.t.) yana rais o‘rinbosari etib tayinlandi. U Toshkent elektrotexnika instituti (1993 yil) va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (2004) bitiruvchisi. Soliq idoralaridagi faoliyatini 1999 yilda boshlagan. 2017 yil avgustida Toshkent viloyatining qayta tashkil etilgan Toshkent tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Bahodir To‘xtamishovich Turobov (1972 y. t.) DSQning boshqa bir o‘rinbosari bo‘ldi. U bunga qadar «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati raisi o‘rinbosari, «O‘zpaxtasanoateksport» kompaniyasi boshqarma boshlig‘i, joriy tayinlovga — O‘zbekiston Hisob palatasi sektor mudiri lavozimida ishlagan.

Bunga qadar DSQ Ichki xavfsizlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan Mirziyod Mirvoxidovich Mahkamov ham qo‘mita raisi lavozimiga tayinlandi.

Olimjon Elchiyevich Fayziboyev rais o‘rinbosari lavozimini saqlab qoldi, 2010 yildan DSQ raisining sobiq o‘rinbosari bo‘lgan Erkin Fayziyevich Gadoyev Moliya vazirligi tizimiga o‘tdi.

Avvalroq bunga qadar Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan Behzod Musayev DSQ rahbari etib tayinlanganini xabar qilgan edik.