2018 yil 26 dekabrga o‘tar kechasi Namangan shahar «Haqiqat» MFYda yashagan G. M. (ismli ayol) uyida o‘g‘li bilan birga gaz plitasini yoqib uxlab qolgan.

Natijada gaz plitasi o‘chib yonishi oqibatida undan sizib chiqqan tabiiy gazdan ikkisi ham zaharlangan va voqea joyida vafot etgan.

IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi tomonidan tarqatilgan xabarga ko‘ra, ushbu holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.