Prezident Xalqaro migratsiya tashkiloti konstitutsiyasini ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Qonun bilan Xalqaro migratsiya tashkiloti konstitutsiyasi ratifikatsiya qilindi.

Eslatib, o‘tamiz, Xalqaro migratsiya tashkiloti konstitutsiyasi 1953 yil 19 oktyabrda Bryussel shahrida (Belgiya) qabul qilingan bo‘lib, ushbu hujjatda migrantlarning tashkiliy harakatlanishi, migratsion xizmatlar ko‘rsatishni ta’minlash (yig‘im, tanlov, migratsiyaga tayyorlash, til o‘rgatish, migrantlarga axborot berish, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va boshqalar), migrantlarning huquqiy himoyasi, xalqaro davlat va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik qilish kabi masalalar belgilangan.