Toshkentda yanvarda «Samara-Chimkent» avtomobil yo‘lidagi yong‘inda 52 o‘zbekistonlik halok bo‘lgan avtobus egasi Orduxan Mextiyev O‘zbekistondan Qozog‘istonga ekstraditsiya qilindi. Bu haqda Qozog‘iston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar qildi. Qo‘lga olingan shaxs Chimkentdagi tergov izolyatoriga joylashtirildi.

Avval xabar qilganimizdek, 46 yoshli Mextiyev O‘zbekistonda huquqni muhofaza qilish organlari va tergovdan yashirinib yurgan. U dekabr boshida Toshkent IIBB tomonidan ushlandi.

Qozog‘istonda u Jinoyat kodeksining 348-moddasi 4-qismi bo‘yicha ya’ni «Avtomobillarni sifatsiz darajada ta’mirlash yoki ularning texnik nosozlik bilan qo‘llash» jinoyatini sodir etganlikda ayblanmoqda.