Sankt-Peterberg shahrida o‘tkazilayotgan shaxmatning blits va rapid yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempionatining rapid yo‘nalishidagi bahslarida o‘zbekistonlik 16 yoshli shaxmatchi Shamsiddin Vohidov norvegiyalik grossmeyter, amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsen ustidan g‘alabaga erishdi, deya xabar qildi O‘zA.

Turnirga Karlsen 1-raqamli shaxmatchi sportchi sifatida tashrif buyurgan. O‘zbekistonlik Shamsiddin Vohidov esa musobaqada 188-raqamda saralangan.

Bahslarda ishtirok etayotgan boshqa o‘zbek sportchilaridan Nodirbek Yoqubboyev rossiyalik Stanislav Novikov bilan o‘yinda durangga erishgan bo‘lsa, Nodirbek Abdusattorov ispaniyalik Lopes Ivan Salgadoga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Shamsiddin joriy yilning 24 noyabr — 3 dekabr kunlari Turkiyaning Ko‘nyo shahrida o‘tkazilgan Butunjahon shaxmat olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.