25 dekabr kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi kasalxonada yong‘in chiqdi. Bu haqda «Xalq so‘zi Online» IIV matbuot xizmatiga tayanib xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, 1-sonli ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasining 2-qavatida yong‘in sodir bo‘lgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in shifokorlar tomonidan o‘chirildi. Oqibatda 2-qavatning 2 kv.m. maydoni yonib zarar ko‘rgan va shu shifoxona davolanayotgan R. S. kuyish jarohatini olgan.

Surishtiruv natijasida yong‘inga elektr isitish pechi ustiga kiyim-kechaklarni quritish uchun ilib qo‘yilgani sabab bo‘lgani aniqlangan.