Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumanida «Ralli Muynak» musobaqasi o‘tkaziladi. Bu haqda Mo‘ynoq tumani yangiliklarini berib boruvchi «New Muynak City» telegram kanali ma’lum qildi, deyiladi kruz.uz sayti ma’lumotida.

Xabarda aytilishicha, bu musobaqa O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda 2019 yili o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Orol dengizining qurigan tubi va Ustyurt tekisligidan o‘tadigan ralli marshrutining dastlabki masofasi 363 kilometrni tashkil etadi.