Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Akmal Arslanovich Xolmuradov «O‘zagrolizing» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvining raisi etib tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Eslatib o‘tamiz, lizing oluvchilarning lizing asosida realizatsiya qilinadigan zamonaviy qishloq xo‘jaligi va boshqa texnikalarga, uskunalar hamda mini texnologiyalarga bo‘lgan talablarini o‘rganish «O‘zagrolizing» AJ faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi.