Toshkent shahar bojxona boshqarmasining «Sirg‘ali» tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan birlashgan Arab Amirligidan Toshkentda faoliyat yurituvchi xususiy korxonalardan birining nomiga keltirilgan yuklarni ko‘zdan kechirish davomida bojxona qoidabuzarligini fosh etildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Hujjatlarga ko‘ra, konteynerda vazni 38 tonnadan ortiq 1369 o‘rindan iborat maishiy texnika tovarlari ortilgan bo‘lishi lozim edi. Ammo, bojxona ko‘rigi davomida keltirilgan yuklar bilan hujjatlardagi ma’lumotlar o‘rtasida tafovutlar ko‘zga tashlandi.

Natijada, konteynerlarda hujjatlarda ko‘rsatilganidan ortiqcha, jami qiymati 167,3 million so‘mlik jami miqdori salkam 190 dona avtomat kir yuvish mashinasi, changyutgichlar ortilganligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.