O‘zbekiston milliy terma jamoasi ayni kunlarda Turiyaning Antaliya shahrida 2019 yilning yanvar oyida bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogiga tayyorgarlik olib bormoqda.

Milliy terma jamoa bosh murabbiyi Ektor Kuper qit’a birinchiligida qatnashuvchi futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Bu hafda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Osiyo Kubogi musobaqasiga boradigan O‘zbekiston milliy terma jamoasining yakuniy tarkibi:

Darvozabonlar: Ignatiy Nesterov («Lokomotiv»), O‘tkir Yusupov («Qo‘qon-1912»), Sanjar Quvvatov («Nasaf»).

Himoyachilar: Yegor Krimets («Paxtakor»), Anzur Ismoilov («Lokomotiv»), Doston Tursunov («Renofa Yamaguchi», Yaponiya), Islom To‘xtaxo‘jayev («Lokomotiv»), Oleg Zoteyev («Lokomotiv»), Farrux Sayfiyev («Paxtakor»), Akmal Shorahmedov («Paxtakor»), Davron Hoshimov («Navbahor»).

Yarimhimoyachilar: Odil Hamrobekov («Nasaf»), Odil Ahmedov («Shanxay SIPG», Xitoy), Otabek Shukurov («Sharja», BAA), Fozil Musayev («Jubilo Ivata», Yaponiya), Jaloliddin Masharipov («Paxtakor»), Aziz Turg‘unboyev («Navbahor»), Doston Hamdamov («Anji», Rossiya), Javohir Sidiqov («Qo‘qon-1912»), Ikrom Aliboyev («Seul», Janubiy Koreya) Eldor Shomurodov («Rostov», Rossiya).

Hujumchilar: Marat Bikmayev («Lokomotiv»), Sardor Rashidov («Lokomotiv»).