Prezident «O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining bayrog‘i va emblemasi namunalarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Ichki ishlar organlari birdamligini, xodimlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ular tomonidan «Xalq manfaatlariga xizmat qilish» xizmat burchi so‘zsiz bajarilishini ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ichki ishlar organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2017 yil 12 apreldagi PQ-2883-son qaroriga muvofiq:

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining bayrog‘i va emblemasi namunalari 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlandi.

Bayroq va emblemani tayyorlash, foydalanish va saqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan tasdiqlanishi belgilandi.