Toshkentda yangi yil sayillari boshlanishi munosabati bilan 14 dekabrdan 10 yanvargacha bir qator ko‘chalarda harakat cheklanadi, deya xabar qildi poytaxt IIBB va hokimiyat.

Harakat uchun yopiladigan ko‘chalar ro‘yxati

  • Buyuk Turon — A. Navoiy ko‘chasidan Islom Karimov ko‘chasigacha;
  • Zarafshon — A. Navoiy ko‘chasidan Islom Karimov ko‘chasigacha;
  • Matbuotchilar -Sh. Rashidov ko‘chasidan Amir Temur xiyobonigacha;
  • Buxoro — Buyuk Turon ko‘chasidan Taras Shevchenko ko‘chasigacha;
  • Istiqlol — Buyuk Turon ko‘chasidan Mustaqillik ko‘chasigacha;
  • Mustaqillik — Zarafshon ko‘chasidan Amir Temur xiyobonigacha;
  • Sebzor — A. Navoiy ko‘chasidan Sirkkacha;
  • So‘galli ota — Zargarlik ko‘chasidan Dilband ko‘chasigacha.

Zarurat tug‘ilganida quyidagi joylarda ham transport harakati vaqtincha cheklanishi mumkin:

  • Compass SM (Qo‘yliq);
  • «Xalqlar do‘stligi» saroyi;
  • Next SM;
  • Bektemir tuman Madaniyat va dam olish saroyi;
  • Temiryo‘lchilar madaniyat saroyi;
  • Mirzo Ulug‘bek Markaziy parki;
  • Green park (Sergeli tumani);
  • Ekopark;
  • Hayvonot bog‘i;
  • «Ashxobod» parki.