Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekko‘mir» aksiyadorlik jamiyatini boshqarish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Qarorga muvofiq:

«ProgressGorTex» MCHJning (Rossiya Federatsiyasi) O‘zbekistonda tashkil etiladigan sho‘’ba xo‘jalik jamiyati «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning «O‘zbekko‘mir» AJ ustav kapitalidagi 45 foiz miqdoridagi aksiyalari turkumining ishonchli boshqaruvchisi sifatida jalb etiladi;

ishonchli boshqaruv davrida «O‘zbekko‘mir» AJning tashkiliy-huquqiy shakli aksiyadorlik jamiyati sifatida saqlab qolinadi.